Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
31 oila yangi yilni o‘z uyida kutib oladi
14:29 / 2022-12-31

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Nukus shahridagi og‘ir sharoitda yashayotgan, kam ta’minlangan, boquvchisidan ayrilgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj 31 oilaga yangi uyning kalitlarini topshirdi.

Nukus shahri A.Utepov ko‘chasidagi ko‘p qavatli turar-joyning ikkinchi qavati fuqarolar yashashi uchun qulaylashtirilib, qurilish ishlari olib borildi. Bayram arafasida yangi uyning topshirilishi hayot mashaqqatlari, turmush tashvishlari bilan yashayotgan shahar aholisi uchun katta quvonch bo‘ldi. Bir necha yildan beri ijarada yashab kelayotgan oilalar bu yil Yangi yilni yangi uyda kutib oladi.

Shuningdek, mazkur ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir sharoitda yashayotgan fuqarolarning yashashi uchun sharoitlar yaratilyapti. Yaqin kunlarda ular ham o‘z egalariga topshiriladi.

Dovud Abibullayev, O‘zA