Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
31 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
11:15 / 2024-03-30

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 31 mart kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Farg‘ona vodiysining tog‘li tumanlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi. Xavfli qor uyumlari bo‘lishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.  

Muhim hodisalar  

30-31-mart kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.  

30-mart-2-aprel kunlari respublikamizning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.  

O‘zA