English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
30 yillik orzusi ushalgan saylovchilar
18:58 / 2021-10-24

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida yashovchi Odiljon va Shohista G‘afforovalar mamlakatimizda o‘tkazilgan saylov jarayonlarida qatnasha olmas edi. Bugun bu oilaning 30 yillik orzulari ushaldi.

O‘zbekiston fuqoroligiga qabul qilingan Odiljon va Shohistaxon qizi Madina bilan birgalikda Shirin shahridagi "Amir Temur" MFYda joylashgan 33-saylov uchastkasida o‘zlari munosib deb topgan nomzodga ovoz berdi.

– Biz oila a’zolarimiz bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan yaqindan tanishib, tanlab, ma’qul bo‘lgan nomzodga ovoz berdik, – deydi Shohista G‘afforova. 

– Tanlovimiz Vatanimizning rivoji, xalqimizning yanada farovon yashashi, imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qiladi, deb ishonamiz.

Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA