Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
30 yil va 30 yosh uchrashuvi
12:07 / 2022-10-23

Buxoroda Davlat soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlab ishlab chiqilgan “30 yil va 30 yosh uchrashuvi” loyihasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Loyihada viloyat davlat soliq organlarida 30 yil yoki undan ko‘p vaqtdan buyon ishlab kelayotgan tajribali mutaxassislar va tizimda mehnat qilayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlardan tarkib topgan jamoalar qatnashdi.

Loyiha shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar o‘zlarining chiqishlarini 3 bosqichda namoyon etdi. Eng ko‘p ovoz olgan Romitan tumani juftligi loyihaning viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldi va keyingi final bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘rinni Peshku tumani juftligi, uchinchi o‘rin esa  Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasidan qatnashgan jamoa egalladi.

G‘olib jamoalarga viloyat davlat soliq boshqarmasi va viloyat davlat soliq xizmati organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Zarif Komilov, O‘zA