Odam savdosi - bugun dunyo bo‘ylab millionlab insonlarning huquq va erkinligi, qadr-qimmatiga tahdid solayotgan global illatdir.
Zamonaviy qullikning eng og‘ir shakli bo‘lgan bu transmilliy jinoyatdan ayniqsa, ayollar va bolalar jabr ko‘rmoqdalar.
Butunjahon odam savdosiga qarshi kurash kuni BMT Bosh assambleyasining 2013 yil dekabrdagi qarori bilan tashkil etilgan. Sana tasodifan tanlanmagan: 2010 yilning aynan shu kuni BMT odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha global harakatlar rejasini qabul qildi.
Hozirgi kunda dunyoning bir qator mamlakatlarida majburiy mehnatdan foydalanish global ko‘lam kasb etmoqda. Xalqaro Mehnat tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 20 milliondan ortiq odam majburiy mehnat qurboniga aylangan.
Ularning eng keng tarqalgani - jinsiy ekspluatatsiya (50 foiz), undan keyin majburiy mehnat (38 foiz). Qurbonlarning 70 foiziga yaqini ayol va qizlar bo‘lib, ulardan ko‘pincha jinsiy ekspluatatsiya yoki majburiy mehnat uchun foydalaniladi. Global miqyosda har bir aniqlangan qurbonning uchdan biri qiz boladir.
So‘nggi 15 yil ichida odam savdosi qurbonlari orasida bolalar ulushi uch barobar, o‘g‘il bolalar nisbati esa 5 barobar oshdi. BMT hisob-kitobiga ko‘ra, odam savdosidan yillik 150 milliard dollarlik daromad dunyodagi eng yirik noqonuniy daromad manbai hisoblanadi.
Bu sana shunchaki bir kun emas, balki xabardor bo‘lish, o‘zgalarni xushyorlikka va mazkur illatdan ogohlikka chorlash kunidir. Unutmang: odam savdosi og‘ir jinoyat, bu haqda jim qolish esa — uni davom etishga yo‘l berish bilan barobar!
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/uTGy8xi-Flc" title="30 iyul —“Butunjahon odam savdosiga qarshi kurash” kuni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA