Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
30 dan ziyod korxonalar faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi
10:01 / 2025-12-05

Farg‘ona viloyatida atmosferaga ta’sir qiluvchi omillarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Maxsus ishchi guruhlari tashkil etilib, issiqxonalar, sanoat korxonalari va boshqa ob’ektlardagi holat o‘rganilmoqda. Ekologik talablarning buzilishga choralar ko‘rilyapti.

Viloyat hokimligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston tumani Sho‘rsuv sanoat zonasida navbatdagi ekologik nazorat tadbirlari olib borildi.  

Mazkur hududda 33 ta gips ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularga “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun  talablariga asosan faoliyat olib borish yuzasidan majburiy ko‘rsatmalar berilgan. Hozirgi kunda barcha  gips ishlab chiqarish korxonalari faoliyati to‘xtatilgan. Korxonalarga ishlab chiqarish faoliyatlarini boshlashi uchun chang-gaz ushlash qurilmalarini yangi zamonaviy samaradorligi yuqori bo‘lgan qurilmalar bilan jihozlashi va tegishli tartibda laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazishi to‘g‘risida ogohlantirish xatlari berildi.

Shu kuni ishchi guruh tomonidan maxsus texnika va kuch vositalari jalb etilib ko‘plab korxonalar hududi va sanoat zonasi yo‘llarida chang ko‘tarilishiga qarshi suv sepish tadbirlari amalga oshirildi.  

Havodagi chang miqdorini kamaytirish, ekologik vaziyatni yumshatish va aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi kompleks chora-tadbirlar tuman bo‘ylab davom etmoqda.

M.Sulaymonov, O‘zA