Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
3 ta tumanni bog‘lovchi ko‘prik bunyod etildi
19:32 / 2022-03-29

Ayni kunlarda butun respublikamiz boʻylab inson qadrini ulugʻlash, aholini yashash sharoitini yaxshilash, ogʻirini yengil qilish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

3 ta tumanni bogʻlovchi koʻprik bunyod etildi

 

Bu borada Payariq tumanining olis hududlaridan boʻlgan «Nakurt» mahallasida ham bir qator ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. «Nakurt» mahallasida 14 ta qishloq mavjud boʻlib, 5 ta maktab, 1 ta oilaviy vrachlik punkti va oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari olti mingdan ziyod aholiga xizmat qilib kelmoqda.

Bugungi kungacha mahallaning ichki koʻchalariga 12 km masofada tosh yotqizish ishlari amalga oshirildi. Asosiysi, aholini bir necha yillardan buyon qiynab kelayotgan koʻprik muammosi ijobiy yechim topdi.

Har yilgi yogʻingarchilik mavsumida «Nakurtsoy»da suvning koʻpayishi natijasida maktab oʻquvchilari, aholi va avtomobil qatnovida muammolar yuzaga kelgan. «Chalaqargʻa» qishlogʻidan oʻtuvchi shbu soyga bugungi kunda koʻprik qurish ishlari yakunlanish arafasida.

Mahalla raisining bergan maʼlumotiga koʻra, mazkur koʻprik «Nakurt» mahallasining “Lolahovuz” qishogʻi, Qoʻshrabot tumanining Zarmitan va Jizzax viloyatining Forish tumanlarini bogʻlovchi asosiy yoʻl boʻlib xizmat qiladi. Ayni paytda “Lolahovuz” qishlogʻiga boruvchi 5 km ichki yoʻlni shagʻallashtirish ishlari olib borilmoqda.

O‘zA