Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
3 ta loyiha yiliga 20 milliard soʻm foyda keltiradi
09:03 / 2020-09-24

“Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan uchta loyiha ishga tushirildi.


“Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan uchta loyiha ishga tushirildi. Ular yiliga korxonaga 9 milliard 646 million sof foyda berib, iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda energetika sohasida zarur boʻladigan mahsulotlarga talab katta. Chunki birgina Fargʻona viloyatining oʻzida elektr-energiyasi taʼminotini yaxshilash boʻyicha keng hajmli ishlar olib borilmoqda. Korxona ehtiyoji hamda davlat dasturlari ijrosini taʼminlash uchun zarur boʻlgan mahsulotlarning mahalliylashtirilishiga atiga uy oy kifoya qildi. Qisqa muddat ichida jamiyatning oʻz mablagʻi va tajribali mutaxassislarining tezkor saʼy- harakatlari bilan yangi ishlab chiqarish sexlari foydalanishga topshirildi.

-Mazkur loyihalar asosidagi temir-beton tayanchlar tayyorlash sexining kengaytirilishi, metall qurilmalar va SIP armaturalari ishlab chiqarishning yoʻlga qoʻyilgani yillar davomidagi muammolarga chek qoʻydi.

- Faqat Toshkent shahrida ishlab chiqariladigan SIP armaturalariga ehtiyoj va buyurtma koʻp boʻlganligi sababli rejadagi vazifalarni bajarishda uzilishlar paydo boʻlayotgan edi. Qiymati 1,6 milliard soʻm boʻlgan yangi innovatsion loyihaning ishlab chiqarishga joriy etilgani SIP simlarini temir-beton tayanchlarga mahkamlash uchun zarur boʻladigan turli xildagi armaturalar boʻlgan talabimizni toʻliq qoplashi bilan birga, jamiyatga katta iqtisodiy foyda keltirmoqda, shuningdek, 20 dan ortiq ishchi oʻrinlarini yaratildi,-deydi korxonaning iqtisod va istiqbollash boʻlimi boshligʻi Ikromjon Madumarov.

photo_2020-09-23_17-28-48.jpg

photo_2020-09-23_17-28-51.jpg

Mazkur yangi ishlab chiqarish sexlarining taqdimot marosimi oʻtkazildi. “Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati rahbari Dilshodjon Jalilov istiqbolli loyihalarning yaqin kelajakdagi samarasi, eksport salohiyati hamda rejalashtirilayotgan polimer izolyatorlar va metall anker tayanchlari ishlab chiqarish loyihalari haqida maʼlumot berdi. Bu mahsulotlarning ham mahalliylashtirilishi korxonaga yillik jami 20 milliardga yaqin foyda keltiradi. Yosh mutaxassislarni ish bilan taʼminlash imkonini beradi.