French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
3 qavat qurilishi rejalashtirilgan binoda qo‘shimcha 9 qavat va mansarda qurgan tadbirkor aniqlandi
15:44 / 2023-05-11

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkentda 3 qavat qurilishi rejalashtirilgan binoda noqonuniy tartibda qo‘shimcha 9 qavat va mansarda qurgan tadbirkor aniqlandi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahar Uchtepa tumani 23-mavze hududida buyurtmachi «M.G.H.» MCHJ tomonidan qurilayotgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasida qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida 2021 yilda nazorat inspeksiyasiga xabarnoma yuborilgan. Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining tegishli xulosasi bilan bino eskiz loyihasi 3 qavatga kelishilgan.  

2021 yilda esa ushbu ob’ektda loyihadan chetga chiqqan holda qo‘shimcha qavatlar qurilishi aniqlangan. Mazkur qoidabuzarlik yuzasidan bir necha marta yozma ko‘rsatma hamda ogohlantirish xatlari berilishiga qaramasdan qurilish ishlarini davom ettirilgan.  

Hozirda tadbirkor Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi (shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) tegishli bandlari asosida javobgarlikka tortilgan hamda ushbu ob’ekt yuzasidan Sud organlariga da’vo arizalari kiritilgan.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA