3 nafar voyaga yetmagan bola qutqarib qolindi
Bugun, 17 fevral kuni soat 14:30 da Shirin shahar “A.Temur” MFY hududida fuqaro M.B.ning yashash xonadonida yong‘in sodir bo‘lgan. Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan yong‘in qutqaruvchilar tomonidan yong‘in soat 14:37 da to‘liq o‘chirilgan.
Bu haqda Sirdaryo viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.


Yong‘inni bartaraf etish vaqtida yong‘in sodir bo‘lgan xonadon ichida bo‘lgan 3 nafar bola qutqarib qolingan. Shu joyning o‘zida bolalarga zudlik bilan birinchi tibbiy va psixologik yordamlar ko‘rsatilgan.
Yong‘in natijasida insonlarning tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan. Hozir yong‘in kelib chiqishi sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri