Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.
Jumladan, Toshkent shahrida yashovchi, 1969 va 1997-yillarda tug‘ilgan ota-bola o‘z yashash xonadonida aylanma yo‘llar orqali olib kelingan dori vositalarini saqlashga mo‘ljallangan yashirin ombor tashkil qilib, u yerda dori vositalarini saqlash hamda dorixonalarga o‘tkazish bilan shug‘ullanishgan.
Tezkor tadbir davomida qonunbuzarlarga tegishli xonadon va avtomobil ko‘zdan kechirilganda, asosan Turkiya va Hindiston davlatlarida ishlab chiqarilgan “Dyuspatalin”, “Novomiks”, “Galvus MET” kabi 87 turdagi, jami 133 374 dona, taxminiy qiymati 3 mlrd so‘mдан ortiq bo‘lgan dori vositalari hamda 50 ming AQSH dollari,
10,6 mln so‘m va 150 nafar shaxslarga tegishli bo‘lgan bank plastik kartalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olindi.
Hozirda dori vositalari namunalari ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga yuborilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.