Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
3 milliarddan ortiq pul mablag‘lari iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi
12:51 / 2023-04-27

Namangan viloyatining shahar va tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga viloyat aholisidan «Toza hudud» DUK, «Namangan musaffo iqlim», «Orif nurli kelajak» va «Chashmai safed-gaz» MCHJlarning 2023 yil yanvar, fevral oylarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish bo‘yicha sifatli xizmat ko‘rsatmagani to‘g‘risida ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.

Namangan shahri, Mingbuloq, Kosonsoy, Davlatobod, Namangan, Norin, Pop, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridagi jami 389 ta mahalla yuqorida keltirilgan MCHJlar bilan shartnoma imzolagan. Ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida korxona avtomobillari va maxsus texnika vositalariga yonilg‘i quyish bo‘yicha muommolar yuzaga kelgani sababli, yanvar, fevral oylari davomida qatnov grafigi yo‘nalishi bo‘yicha MFYlarga to‘liq xizmat ko‘rsatish imkoni bo‘lmagan.  

 O‘rganish natijalariga ko‘ra, «Toza hudud» DUK, «Namangan musaffo iqlim», «Orif nurli kelajak» va «Chashmai safed-gaz» MCHJlar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish bo‘yicha to‘liq xizmatlar ko‘rsatilmagan davrlar uchun jami 3 milliard 865 million 841 ming 500 so‘m to‘lovlarning aholidan undirilishi bekor qilindi.  

M.Qosimova, O‘zA