Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
3 milliard so‘mdan ziyod energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan
14:39 / 2024-07-13

“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu tashkilotning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Xususan, Quvasoy shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “E.G.S.” MCHJga qarashli AGTKSHning elektron gaz hisoblagichida o‘rnatilgan tamg‘a uzilib, jami 2,2 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.   

Shuningdek, Toshloq tumanida joylashgan Farg‘ona nasos stansiyasi energetika boshqarmasi Toshloq tuman bo‘limiga qarashli suv nasosi uskunalari elektr tarmoqlariga noto‘g‘ri ulangan. Bunday noqonuniy holat tufayli tizimga 808,8 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.   

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA