Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
3 milliard 563 million 423,8 ming soʻm undirildi
17:13 / 2020-07-30

Tadbirkorlik subyektining murojaati yuzasidan adliya boʻlimi mutaxassislari tomonidan oʻrganish oʻtkazildi.


Andijon viloyati Marhamat tumanida tadbirkorlik faoliyatini yuritib kelayotgan “ANDIJONNEFT GAZ QUDUQ TAʼMIRLASH” masʼuliyati cheklangan jamiyati bajarilgan ishlar uchun “Andijonneft” aksiyadorlik jamiyatidan 3 milliard 476 million 510 ming 330 soʻm haqini ololmayotganligi, buning oqibatida tadbirkorlik subyekti zarar koʻrayotganligi, korxonada mehnat qilayotgan 120 nafar ishchi-xodimga oʻz vaqtida ish haqi berishda qiyinchiliklar yuzaga kelganligi, eng asosiysi, bu holat korxonaning iqtisodiy barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatayotganligini haqida tuman adliya boʻlimiga ariza bilan murojaat qilgan.

Tadbirkorlik subyektining murojaati yuzasidan adliya boʻlimi mutaxassislari tomonidan oʻrganish oʻtkazildi. Maʼlum boʻlishicha, “Andijonneft” AJ haqiqatdan ham koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda “ANDIJONNEFT GAZ QUDUQ TAʼMIRLASH” MCHJga toʻlovlarni amalga oshirmagan, natijada korxona moliyaviy zarar koʻrgan, iqtisodiy jihatdan tang ahvolda qolgan.

Tadbirkorlik subyektiga toʻlovlar asossiz ravishda toʻlanmasdan kelinganligi aniqlanib, mazkur holatlar yuzasidan MCHJ foydasiga 3 milliard 476 million 510 ming 330 soʻm asosiy qarz va 489 million 987 ming 495 soʻm jarima, shuningdek, 163 million 329 ming 165 soʻm penya undirish yuzasidan Andijon tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Mazkur sud qarori bilan “ANDIJONNEFT GAZ QUDUQ TAʼMIRLASH” masʼuliyati cheklangan jamiyati foydasiga 3 milliard 476 million 510 ming 330 soʻm asosiy qarz, 86 million 912 ming 758 soʻm penya, jami 3 milliard 563 million 423,8 ming soʻm undirib berilib, tadbirkorlik subyektining huquq va manfaatlari himoya qilindi.

– Adliya boʻlimi mutaxassislariga katta rahmat, – deydi “ANDIJONNEFT GAZ QUDUQ TAʼMIRLASH” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari N. Qahhorov. – Bir necha yillardan buyon ololmayotgan haqimizni olishga, bizni qiynab kelayotgan muammoni hal etishga yordam berdi. Bu bilan yurtimizda tadbirkorlar huquq va manfaatlari hamisha himoyada ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildim.