O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 3 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4, kunduzi 0-2 daraja sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 0-5 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 15-20, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
O‘zA