3-Katta Chilonzor mahallasidan fotoreportaj
Poytaxtimizdagi 3-Katta Chilonzor mahallasi obodlik kasb etgan go‘shalardan.
Fuqarolar yig‘ini binosi, hududdagi 52 ta ko‘p qavatli uy zamonaviy qiyofaga ega. Maydonchalar va ichki yo‘llar tekislanib, atrofi obodonlashtirilgan. Bolalar o‘yingohi va sayilgoh tashkil etilgan.
[gallery-12118]
Atrofga daraxt ko‘chatlari, rayhon, namozshomgul kabi gullar ekilgan, maysazorlar tashkil etilgan. Mahalla hududidan o‘tgan “Anhor” kanali bo‘yida tashkil etilgan saylgohda aholi sayr qilib, hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
A’lo ABDULLAEV (surat), O‘zA