3 iyun – Velosiped kuni
Har yili 3 iyun kuni Jahon velosiped kuni nishonlanadi. Barqaror, shu bilan birga ekologik toza, jismoniy mashq uchun juda qulay hisoblangan mazkur transport vositasini muntazam boshqarish yurakni sog‘lom qiladi, mushaklarni kuchaytiradi.
Velosiped haydash tabiatan nixoyatda erkin mashg‘ulot. Har yili Jahon velosiped kunida bu harakatning afzalligi haqida xabardorlikni oshirish orqali barqaror turmush tarzini ta’minlash maqsadida ko‘proq odamlarni ushbu transport turi bilan do‘stlashishga undash an’anaga aylangan.
O‘zA