Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
3 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
14:03 / 2026-02-02

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 3 fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, kechqurun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin.  G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 4-9, kunduzi 13-18 daraja iliq, Navoiy viloyati shimolida kechasi 0-5, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.  Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi (yomg‘ir, qor yog‘ib), tuman tushishi mumkin.  Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi, 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

2-3 fevral kunlari respublikamizning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.  

O‘zA