Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
3-4-mavsumda qancha pilla xomashyosi yetishtiriladi?
12:16 / 2023-08-11

Pilla yetishtirishning 3-4-mavsumi boshlanish arafasida. Ayni kunlarda mavsumga tayyorgarlik ishlari avj pallada davom etmoqda. Qayd etilishicha, 3-4-mavsumda 66 ming 534 quti ipak qurti urug‘i parvarishlanishi belgilangan. Shu bilan birga, 2 ming 661 tonna pilla xomashyosi yetishtirish rejalashtirilmoqda.

Respublikamiz bo‘ylab viloyat va tuman “Agropilla” MCHJ hamda agronomlar tomonidan fermer xo‘jaliklari, ipak qurti parvarishlovchilar bilan shartnomalar tuzish ishlari olib borilmoqda.  

Tut plantatsiyalari oralariga agrotexnik ishlov berish hamda mahalliy o‘g‘it berish ishlari amalga oshirilmoqda.  

Shuningdek, pillani qayta ishlash korxonalarida qabul qilingan pillalarni dastlabki ishlov berish va gilam to‘qish, eksport hamda investitsiya masalalari bo‘yicha ishlar tashkil qilinmoqda.  

 

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA