English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
3-4 mavsumda pilla xirmonlari to‘lmoqda
11:47 / 2022-09-15

Ma’lumki, "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi ko‘magida pilla qurtini 3-4 mavsumlarda, to kech kuzga qadar boqish va undan sifatli ipak olish ilmi o‘rganildi hamda amalda tatbiq etib kelinmoqda. Natijada 3-4 mavsumda boqilayotgan ipak qurtlari o‘ragan pillalarning sifati, eshiluvchanligi va hosili bahorgisidan ortiq bo‘lsa ortiqki, kam emas.


–Pillakor kasanachilar 3-4 mavsumda takroriy yetishtirilgan pillalarni terish arafasida, – dedi namanganlik kasanachi Mukaddas Qoraboyeva. – Bu galgi hosil doimgidan ham a’lo. Avvallari pilla qurti 1-2 mavsumda, faqatgina bahor faslida boqilar edi, hosil ham shunga monand edi. Pilla qurtini 4 ta mavsumda takroriy boqishdan maqsad undan olinadigan xom ipak, ipak momig‘i va boshqa ikkilamchi mahsulotlar yil o‘n ikki oy qayta ishlash hamda jahon bozoriga, eksportga chiqarishda samaralidir. 

Gulnoza Boboyeva,
O‘zA