Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank – tadbirkorga ko‘makchi
14:07 / 2014-12-09

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan tadbirkorlar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan tadbirkorlar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Prezidentimizning shu yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash borasida banklar tomonidan ham keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi. Keyingi yillarda banklar ko‘magida tadbkorlik faoliyatini boshlayotgan yigit-qizlar safi tobora kengayib bormoqda.

O‘tgan o‘quv yilida Samarqand viloyatidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini bitirgan yoshlarning 5 ming 300 nafarga yaqini banklarning imtiyozli krediti asosida tadbirkorlik faoliyatini boshladi. Barcha kasb-hunar kollejlarida bitiruvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida “Yosh tadbirkor” xonalari tashkil etilgan. Har hafta bank xodimlari kollejlarda amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda.

– Mamlakatimizda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvvatlash, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Prezidentimiz tomonidan bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi, yangi qonunlar kuchga kirdi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Otabek Azimov. – Joriy yilning 1-iyunidan boshlab tadbirkorlik sohasiga ruxsat berishga oid 16 hujjat qisqartirildi. 11 litsenziyalanadigan faoliyat turi va ruxsat berish xarakteridagi hujjatlar birlashtirish yo‘li bilan 5 taga kamaytirildi. Kreditlashning tartiblari ancha soddalashtirilib, yillik foiz stavkalari maqbullashtirildi. Buning natijasida joriy yilning o‘zida tadbirkorlar uchun ajratilgan kreditlar miqdori o‘tgan yilga nisbatan 1,3-martaga ko‘paydi.

Seminarda prokuratura, savdo-sanoat palatasi, soliq va boshqa idoralar vakillari tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma’lumot berdi.

Tadbirda viloyatdagi kasb-hunar kollejlarining bir guruh bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun banklardan imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.