Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
29 milliard so‘mdan ortiq QQS summasi tadbirkorlarga qaytarildi
09:02 / 2023-01-27

Biznes-ombudsmanga Toshkent shahrida turli yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi 33 ta tadbirkorlik sub’ektlari soliq organlari tomonidan ortiqcha hisoblangan QQS summasini qaytarishda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qildi.

Soliq kodeksining 21-moddasiga ko‘ra soliq to‘lovchi soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini o‘z vaqtida hisobga o‘tkazish yoki qaytarish huquqiga ega.  

Shuningdek, Soliq kodeksining 12-bobida ortiqcha to‘langan va ortiqcha undirilgan soliqlarni hisobga olish hamda qaytarish tartibi va muddatlari belgilangan.  

Biznes-ombudsman xodimlari tomonidan Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasiga yuborilgan so‘rov xatiga asosan 33 ta korxonaga jami 29,3 milliard so‘mdan ziyod summa qaytarildi.

 

O‘zA