French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
28 ta vazirlik va tashkilotlar byudjetini nazorat qiluvchi «Masofaviy nazorat» markazi tashkil etildi
19:31 / 2023-10-09

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 avgustdagi «Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida tashqi audit faoliyatida masofaviy nazoratlar o‘tkazish, byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi sodir etilgani xavfi mavjudligini aniqlashga qaratilgan masofaviy nazorat o‘tkazish uchun yagona dasturiy majmua yaratish vazifasi belgilangan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini oshirish, byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Hisob palatasida «Masofaviy nazorat» markazi tashkil etildi.

Markazning asosiy vazifasi etib, byudjet xarajatlarining samaradorligini oshirish, byudjet qonunchiligi buzilishini proaktiv tarzda oldini olish va qonunbuzilishlar profilaktikasini kuchaytirish belgilangan.

Mazkur masofafiy markazni tashkil etishda qator vazirlik va idoralarning auditlari takliflari ham inobatga olingan. Unda 28 ta vazirlik va davlat idoralarining 115 turdagi ma’lumotlari shakllantirildi.

Markaz 3 ta yo‘nalishda faoliyatini amalga oshiradi:

— Ichki faoliyat nazorati;

— Davlat tashkilotlarining ichki audit nazorat tizimi;

— Tashqi va ichki manbaalar, «Masofaviy audit» avtomatlashtirilgan axborot tizimi.

Markaz kiberxavfsizlik talablari asosida zamonaviy serverlar, kompyuter va boshqa zarur uskunalar bilan jihozlangan. Ishga tushirilishining dastlabki bosqichida joyiga chiqib auditorlarni hamda davlat idoralarining vaqtini olishga sababchi bo‘lgan 25 xildagi nazorat tadbirlarini bevosita zamonaviy dasturiy komplekslar yordamida tahlil qilish va qonunbuzilishlarni oldini olish imkonini berdi.

 

O‘zA