Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
27 yil yotoqxonada turgan oila oʻz uyiga ega boʻldi (+video)
11:55 / 2020-06-10

2017-2019-yillar davomida Sergeli tumanida jami 19 ming 522 xonadonli 460 koʻp qavatli uy foydalanishga topshirildi. 26 namunaviy tipdagi mahalla guzarlari bunyod etildi.


2017-2019-yillar davomida Sergeli tumanida jami 19 ming 522 xonadonli 460 koʻp qavatli uy foydalanishga topshirildi. 26 namunaviy tipdagi mahalla guzarlari bunyod etildi.

Har bir xonadon taʼmirlangan hamda gaz plitasi, oshxona mebeli va santexnika buyumlari bilan jihozlangan.

Tumandagi 16 qavatli bino zamonaviy standartlar asosida zilzilaga bardoshli qilib qurildi. Energiya tejovchi materiallardan foydalanilgan. Internet tarmogʻi, videokuzatuv va yongʻin xavfsizligi uskunalari bilan jihozlangan. Uy 2-3 xonali 80 xonadondan iborat boʻlib, kam taʼminlangan va muhtoj oilalarga topshirilgan.