French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
27 ta lift yangilanadi, biroq…
23:21 / 2025-11-14

Xorazm viloyatida 1 ming 959 ta ko‘p qavatli uy-joy mavjud bo‘lib, minglab odamlarning hayoti va taqdiri ular bilan bog‘liq.

Qirq besh mingdan ortiq xonadonni o‘z ichiga olgan ana shu uylarning 1 ming 853 tasiga  38 ta boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatadi. Qolgan yuzdan ortig‘i esa mulkdorlar, idora va tashkilotlar  balansida.

Ta’kidlash kerakki, servis xizmat ko‘rsatuvchilar ham,mulkdorlar ham, idora - tashkilotlar  ham bir maqsad yo‘lida faoliyat yuritishi lozim. Ya’ni aholiga qulay va xavfsiz hayot muhiti yaratilishi kerak.

Shu maqsadda viloyatda qish mavsumi oldidan yuzlab uylarda ta’mir amalga oshirildi. Eski devorlar hamda  tomlarning teshik – tirqishlari yamaldi.  Eski quvurlar yangilandi.  

Raqamlarga yuzlansak, joriy  kuz-qish mavsumini betolafat o‘tkazish maqsadida viloyatdagi boshqaruv servis kompaniyalarning 5  milliard 246 million so‘m mablag‘lari hisobidan 185 ta ko‘p kvartirali uy-joyni mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Eng muhimi, ayni damda odamlarning kundalik hayotini yengillashtiradigan  27 ta lift zamonaviysiga almashtirilmoqda.  Bu ham katta mablag‘, katta mehnat, katta mas’uliyatdir. Biroq…

[gallery-26265]

- Ushbu  lift uskunalarini yangisiga almashtirish ishlariga  byudjetdan 10 milliard 420 million so‘m mablag‘ ajratilgan, - deydi Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati  inspeksiyasi matbuot xizmati rahbari  Shahnoza Qalandarova. - Ammo, lift uskunalarini o‘rnatish jarayonida bir qator muammolar aniqlanmoqda. Ya’ni ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan uylarning umumiy foydalanishi kerak bo‘lgan qismlari o‘zboshimchalik bilan o‘rab olingan. Bu esa lift uskunalarining o‘z vaqtida o‘rnatilishini kechiktirmoqda.

Bunday holatlarning oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha tegishli tashkilotlar hamkorligida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.  

Xususan, Urganch shahridagi Ko‘hna qal’a mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylarda inspeksiya va viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari “reyd” tadbirlari o‘tkazib, o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni belgilangan muddatda buzdirish bo‘yicha uy-joy mulkdorlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida,  inspeksiya  xodimlari tomonidan berilgan  ko‘rsatmalar belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf qilinmasa, uy-joy mulkdorlariga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan  bazaviy hisoblash miqdorining  besh  barobaridan o‘n barobarigacha jarima qo‘llanadi.

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov (surat),

O‘zA muxbirlari