27 sentyabr – Butunjahon turizm kuni
Butunjahon turizm kuni tarixi 1925 yilda Gaagada Rasmiy sayyohlik tashkilotlari Xalqaro kongressi tashkil etilgan kunga taqaladi. Hozirda u Jahon sayyohlik tashkiloti (United Nations World Tourism Organization – UNWTO) deb nomlanadi. Aynan ushbu tashkilot tomonidan 1979 yilda Butunjahon turizm kuni ta’sis etildi. U sayohatlar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratishga yo‘naltirilgan. Ayni paytda jahon yalpi milliy mahsulotining qariyb 6 foizi turizm sohasiga to‘g‘ri kelmoqda, dunyo bo‘yicha sayyohatlar soni esa taxminan 1,3 milliardni tashkil etadi.
Har yili millionlab insonlar yangi joylar, boshqa xalqlarning madaniyati, urf-odati va turmush tarzi bilan tanishish maqsadida dunyo bo‘ylab sayohatga chiqadi. Insonlar va hamjamiyatlar o‘rtasidagi bunday hamkorlik butun dunyoda tinchlik hukm surishi uchun zarur bo‘lgan xalqlar o‘rtasidagi bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Jahon sayyohlik tashkiloti har yili bayram shiorini e’lon qiladi, bu yilgi bayram shiori “Sayyohlik va tinchlik” deb nomlanadi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA