Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
27 oktyabr kuni Tehronda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
19:17 / 2021-10-19

Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Said Xatibzodaning ma’lum qilishicha, 27 oktyabr kuni Tehron shahrida Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlarning navbatdagi uchrashuvi o‘tkaziladi.

TASS agentligi xabariga ko‘ra, muloqotda qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari bevosita ishtirok etadi.

– Uchrashuvda onlayn formatda o‘tgan muloqotni davom ettirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga oltita davlat Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzishga qanday yordam berishi mumkinligini muhokama qiladi, – degan Xatibzoda.

Eslatib o‘tamiz, 8 sentyabr kuni Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tgan edi. Unda Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari ishtirok etgan.

16 sentyabrda Eron tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarning navbatdagi uchrashuvi Tehron shahrida o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.