French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
27-fevral – Xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari kuni
13:05 / 2026-02-27

Bugun, 27-fevral butun dunyoda Xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari kuni sifatida nishonlanadi. Xalqaro NNTlar kuni ilk bor 2014-yilda nishonlangan.

Ushbu sana NNTlar faoliyatini e’tirof etish va ularning jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada oshirish maqsadida ilgari surilgan. Tashabbus xalqaro darajada qo‘llab-quvvatlanib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida ham e’tirof etilgan.

NNTlar – jamiyatning faol va tashabbuskor qismi sifatida ijtimoiy himoya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, inson huquqlari, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda muhim vazifalarni amalga oshirib kelmoqda. Ular aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga hissa qo‘shadi. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, dolzarb muammolarga innovatsion yechimlar taklif qilish hamda davlat va jamiyat o‘rtasida muloqot ko‘prigi vazifasini bajarishda NNTlarning o‘rni muhim.  

O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda NNTlar faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. NNTlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunchilik bazasi takomillashtirildi. Ularning tashabbus va loyihalari jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda. Davlat grantlari, ijtimoiy buyurtmalar va subsidiyalar tizimi joriy etildi.  

Bugungi kunda minglab NNTlar turli sohalarda faoliyat yuritib, aholi farovonligi va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelayotgani e’tiborga molik.  

M.Komilova, O‘zA