Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
27-28 aprel kunlari 2-Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi
15:51 / 2023-03-31

Joriy yilning 27-28 aprel kunlari "Tashkent sity"dagi Kongress-xollda 2-Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi.

Bundan oldingi forumda dunyoning 56 mamlakatidan 2000 dan ortiq ishtirokchi –  yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar qatnashgan bo‘lsa, navbatdagi forumda ishtirokchilar soni yanada oshishi kutilmoqda.  

Forum doirasida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning investitsiyaviy salohiyatini atroflicha ochib berishga qaratilgan yalpi majlis, ekspertlarning 30 dan ortiq qizg‘in bahs-munozaralari, davra suhbatlari va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

Tadbirda ishtirok etishni istaganlar 20 aprelgacha www.iift.uz saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.  

O‘zA