Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
268 nafar bitiruvchiga “leytenant” unvoni berildi
14:58 / 2022-07-18

Yosh avlodga zamonaviy ta’lim-tarbiya berish, ularni munosib kasbga yo‘naltirish, bilimini oshirish dolzarb va muhim masalalardan biridir.

Bu borada yurtimizdagi ta’lim maskanlarida tahsil olayotgan yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash va ularni katta hayot yo‘liga munosib tayyorlashga alohida e’tibor qaratib kelinadi.  

Yaqinda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali o‘quvchilarining bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Aziz Ikromov boshchiligida poytaxt va Toshkent viloyati IIBB boshliqlari, universitet mas’ullari, OAV vakillari hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi. 

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmatining xabar berishicha, tadbir davomida 268 nafar bitiruvchi Vatanga qasamyod qabul qildi. Shundan so‘ng generallar tomonidan diplom va “leytenant” maxsus unvonlari tantanali ravishda topshirildi va yosh xodimlar xizmat joylariga tarqatildi.

Elu yurt xizmatiga shaylangan bu yosh kadrlar endilikda qasamyodiga sodiq holda o‘z oldiga qo‘ygan oliy maqsadi sari intiladi, yelkasidagi mas’uliyatini his qilib, faoliyat olib boradi. Bu ularning shaxdam qadamlarida, porlab turgan ko‘zlarida yaqqol aks etib turar edi. 

M.Komilova, O‘zA