Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
268 nafar afg‘onistonlik Eron turmalaridan ozod etildi
17:27 / 2023-03-06

Eron hukumati Afg‘onistonning 268 nafar fuqarosini qamoqdan chiqarib, qo‘shni mamlakat hukumatiga topshirdi, deb ma’lum qildi dushanba kuni Tolibon harakati tomonidan shakllantirilgan Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumati tashqi ishlar vaziri Hafiz Ziyo Ahmad.

Uning aytishicha, Eron qamoqxonalarida saqlanayotgan Afg‘oniston fuqarolarini topshirish  Xirot provinsiyasida bo‘lib o‘tgan.    

Afg‘oniston fuqarolari qaysi qonunbuzarliklari uchun Eron qamoqxonalarida saqlangani haqida ma’lumot berilmagan.  

Afg‘onistonda chiqadigan Hasht e Subh gazetasi esa  Eron hukumati “Islom-Qal’a” chegara nazorat-o‘tish punkti orqali kamida 560 nafar mahbusni Afg‘onistonga qaytarib bergani haqida xabar berdi.