Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
264 million so‘mlik pirotexnika vositalari aniqlandi
11:54 / 2023-12-25

Bojxona organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining chetdan noqonuniy olib kirilishi, saqlanishi va aylanishiga qarshi tizimli ravishda tezkor tadbirlar olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining chetdan noqonuniy olib kirilishi va saqlanishiga qarshi bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazdi. 

Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida “Damas” rusumli avtotransport vositasida chetdan noqonuniy olib kirilayotgan hamda fuqaroning Quva tumanidagi xonadonida saqlanayotgan dastlabki qiymati 141 million so‘mlik 7 turdagi jami 408 ming dona pirotexnika vositalari aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olindi.  

Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi tumandagi yashash xonadonlaridan biridan xonadondagi tovarlarni yuklab chiqib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatilib, xonadon va transport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada avtotransport vositasi hamda xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan va chetdan noqonuniy olib kirilgan umumiy qiymati 95 million so‘mlik 4 turdagi jami 180 ming dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Yana bir shunga o‘xshash holatda Farg‘ona tumanidagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu xonadonda  ham xorijda ishlab chiqarilgan va chetdan noqonuniy olib kirilgan umumiy qiymati 28 million so‘mlik 3 turdagi jami 74 dona pirotexnika vositalari saqlanayotganligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida umumiy qiymati 264 million so‘mlik 14 turdagi 588 ming donadan ziyod pirotexnika vositalarining chetdan noqonuniy olib kirilishi hamda saqlanishiga chek qo‘yildi.  

Hozir mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

 

M.Sulaymonov,

O‘zA muxbiri