262 ming litr sifatsiz neft mahsulotining sotuvga chiqarilishi oldi olindi
“O‘zenergoinspeksiya” nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan joylarda muntazam ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Ularda aniqlanishicha, joriy yilning birinchi choragida avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida 25 ta holatda 262 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan mahsulot sifatini tiklash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi, deb xabar berdi “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA