Fuqaro M.Baymurzayeva 1996 yil 17 yanvarda farzandidan ayrilgan.
Atigi 9 oy umr ko‘rgan qizi G.Turdibekovaning o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomasi ayrim sabablarga ko‘ra rasmiylashtirilmagan. Mazkur guvohnoma o‘z vaqtida olinmaganligi sabab M.Baymurzayeva notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida qator muammolarga duch kelgan.
Oilaviy sharoiti og‘ir, qaramog‘ida nogiron farzandi bo‘lgan, tashkilotma-tashkilot, idorama-idora yurib sarsongarchilikdan charchagan M.Baymurzayeva qizi Guloyim Turdibekovaning o‘lim to‘g‘risida guvohnomasini rasmiylashtirishda amaliy yordam so‘rab Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar adliya bo‘limiga murojaat qildi.
Mazkur murojaat bo‘lim tomnidan o‘rganilib, zarur hujjatlar to‘plandi. Aniqlanishicha, Turdibekova Guloyim Shuxrat qiziga 1995 yil 21 aprel kuni Yangiyer shahar FHDYO bo‘limi tomonidan 268-son bilan qayd etilgan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma berilgan. Biroq og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etgan G.Turdibekovaning o‘lim haqidagi guvohnomasi olinmagan. Bu Yangiyer shahar FHDYO bo‘limi arxivi tomonidan berilgan ma’lumotnomada ham tasdiqlangan.
So‘ng, adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.Baymurzayeva manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga ariza kiritildi.
Sud tomonidan Turdibekova Guloyim Shuxrat qizining 1996 yil 17 yanvarda o‘lganlik faktini belgilish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarilib, darhol ijro uchun Yangiyer shahar FHDYO bo‘limiga yuborildi.
Yangiyer shahar adliya bo‘limining ko‘magi bilan 26 yillik muammo yechim topdi.
Shuhrat Suyarov, O‘zA