Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
26 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni
18:05 / 2023-01-26

Bojxona sohasi fidoyisi Namanganlik Doniyor Mamatov – bojxona sohasi fidoyilaridan. U Namangan viloyat bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, bojxona xizmati podpolkovnigi vazifasida xizmat qiladi.

Qahramonimiz bojxona organlariga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi chegarasi orqali tovarlarning noqonuniy olib o‘tilishi, ichki hududlarda tashilishi hamda saqlanishining oldini olish ishlarini sidqidildan bajarib kelmoqda.  

– Doniyor Mamatov rahbarligi ostida bo‘limning boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, - deydi Boshqarmaning jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘yicha mas’ul xodimi Rasulxon Rahmatxonov. – O‘tgan ikki yil mobaynida huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda 369 ta holat aniqlanib, noqonuniy harakatlanayotgan 31 milliard 92 million so‘mlik tovar moddiy boyliklari ushlab qolingan. Jarayonda hamkasbimiz Doniyor Mamatovning xizmatlari beqiyos.

[gallery-10381]

Doniyor bojxona ishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ham faol, xizmat faoliyati davomida orttirgan boy amaliy tajribasini yosh xodimlarga ham o‘rgatib kelmoqda.

Joriy yil 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni arafasida Prezidentimiz farmoniga ko‘ra, Doniyor Mamatov “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi. Bu mukofot uning halol va fidoyi xizmatiga berilgan yuksak e’tirof, albatta.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA