Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-fevral kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, kechasi qor yog‘ib, ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir,qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8, ba’zi joylarda 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Xavfli qor uyumlari bo‘lishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
25-29-fevral kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor yog‘ishi mumkin.
O‘zA