Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
25 tup kannabis o‘simligini ekkan fuqaro aniqlandi
12:42 / 2022-08-02

G‘ijduvonda o‘z tomorqasida kannabis yetishtirayotgan shaxs aniqlandi. Bu haqida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

G‘ijduvon tumanida “Qoradori – 2022” tadbiri doirasida huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Tumanning “Rostgo‘y” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi J.J. ismli shaxs o‘zining yashash xonadonidagi tomorqasining 15x20 metr hajmdagi yer maydonida 25 tup kannabis o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotgani aniqlandi.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  


Zarif Komilov, O‘zA