Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
25 ta tuman va shaharda sanoat hajmi 10 foizdan ko‘paygan
17:22 / 2023-09-08

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoat korxonalari barqaror ishlashi uchun tarmoq va hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, joylarda ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani bois 25 ta tuman va shaharda sanoat hajmi 10 foizdan ko‘paygan.

Bo‘zatov, Kegeyli, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Andijon, Olot, Shofirkon, G‘allaorol, Kitob, Nishon, Konimex, Chortoq, Oqdaryo, Bulung‘ur, Ishtixon, Paxtachi, Oltinsoy, Bandixon, Boysun, Qiziriq, Parkent, Buvayda, Uchko‘prik tumanlari, Kattaqo‘rg‘on va Nurafshon shaharlarida sanoat yuqori sur’atda o‘sgan.

Jumladan, to‘qimachilik korxonalarini ko‘paytirish orqali, sanoat ko‘rsatkichini Bandixon 45 foizga, Qiziriq 18 foiz, Olot va Buvayda 15 foizdan, Kegeyli 14 foiz, Oqdaryo va Boysun 13 foizdan, Andijon tumani 10 foizga oshirgan.

O‘zA