Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
25 sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
11:16 / 2024-09-24

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 25 sentyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechqurun shamolning tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-16 daraja iliq, kunduzi 29-31 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim tumanlarda biroz yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi. 

Buxoro viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim tumanlarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi tumanlarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi. 

O‘zA