Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
25 nafar maktab direktori Shimoliy Jorjiya universtiteti mutaxassislaridan tahsil olmoqda
12:47 / 2021-02-02

Mamlakatimiz malaka oshirish tizimida ko‘plab islohotlar amalga oshirilyapti.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 25 yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tizimda bir qator ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi amaliy ishlarni allaqachon boshlab yuborgan.

Mazkur institut va Amerikaning Shimoliy Jorjiya universtiteti hamkorligida maktab rahbarlarining liderlik kompetensiyalarini hamda STEAM fanlarni maktablarga joriy qilishda rahbar hissasini oshirishga qaratilgan 10 haftalik kurslar tashkil etilgan.  

Ushbu kurslarda qay tartibda o‘qitiladi? Undagi talablar qanday?  

Institut rektori Ayubxon Radjiyev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA muxbirining “Qaysi umumta’lim maktablari direktorlari Amerikaning Shimoliy Jorjiya universiteti professor-o‘qituvchilaridan yangi bilim va ko‘nikmalarni olib, malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi?”, ”bugungi kunda STEAM fanlari haqida tez-tez gapirilyapti. Bu qanday fanlar majmuasi?”, ”Darslar onlayn tarzida bo‘ladimi? Mazkur loyihadan qanday natijalar kutilyapti?” kabi savollariga javob berdi.

<iframe width="1366" height="657" src="https://www.youtube.com/embed/ZOBFkNHwEYk" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Barno Meliqulova,

Yoqubjon Meliboyev (video), O‘zA