Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2,5 ming dollar pora olgan institut xodimi ushlandi
18:38 / 2022-05-30

Jizzax davlat pedagogika instituti bo‘lim boshlig‘i B.I. fuqaro V.ning Toshkent shahridagi universitetlardan birining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishidagi o‘qishini tanishlari yordamida boshqa fakultetga ko‘chirib berish evaziga 2,5 ming AQSH dollari olgani uzoqqa bormadi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 


O‘zA