Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2,5 milliard so‘m ish haqlari undirib berildi
14:42 / 2023-05-18

Ish beruvchi va xodim munosabatlari, bu borada qonun ustuvorligini ta’minlash haqida qanchalik ko‘p gapirilmasin, baribir xodimlar huquqlari buzilishi bilan bog‘liq holatlar uchraydi. Masala hatto sudlashishgacha borib yetadi.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlariga ham joriy yilning dastlabki 4 oyida jami 3,1 milliard so‘mlik ish haqlarini undirib berish bilan bog‘liq ijro hujjatlari qayd etilgan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida 2,5 milliard so‘m ish haqini undirib berilishi ta’minlandi.

  – Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2023 yil 17 martdagi sud buyrug‘ida fuqaro D.A.ga “Qishloqqurilishbank” ATB Samarqand filialidan 30 million so‘m ish haqini undirib berish ko‘rsatib o‘tilgan, – deydi MIB Samarqand viloyati boshqarmasi katta inspektori Adham Rashidov. – Mazkur ijro hujjati Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Buyruq ijrosini ta’minlash borasida olib borilgan harakatlar davomida ish haqi qarzdorligi da’vogarga undirib berilishi ta’minlandi.

 G‘.HASANOV, O‘zA