Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 25 fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-5, kunduzi 0-2 daraja iliqgacha pasayadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
Joriy yilning 24 fevral kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga, 25-26 fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq va nam havo kirib keladi.
24 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 25 fevral kuni respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutiladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi.
24-25 fevral kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. 25-26 fevral kunlari harorat kechalari 0-5 daraja sovuqgacha, respublika shimolida 5-10 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqgacha qisqa muddatga pasayishi kutilmoqda.
24-28 fevral kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
O‘zA