Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
25 aprel sanasi bilan bog‘liq muhim voqealar
07:39 / 2022-04-25

1919 yil 25 aprelda O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Hamid G‘ulom tavallud topdi (vafoti 2005 yil).

1997 yil 25 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”, “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”, “Savdo, matlubot kooperatsiyasi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida” Qonunlari qabul qilindi.

2001 yil 25 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Kamolot Yoshlar ijtimoiy xarakati tuzildi.

2003 yil 25 aprelda “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida” Qonunlar qabul qilindi.

 

O‘zA