Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
245 ta tashkilotda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etildi
12:21 / 2024-08-09

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Tohir Abdurashidov ma’lum qildi.

Jumladan, jami 245 ta shundan, 69 ta tabiiy monopoliya sub’ektlarida, 74 ta tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda, 35 ta mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, 31 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida hamda 36 ta davlat ishtirokidagi korxonalarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi to‘liq joriy etildi.  

O‘rganishlarga ko‘ra, tanlov (tender) savdolarida raqobat muhiti ta’minlanganligi o‘rganilganda 49 ta holatda ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro affillanganlik va kelishib olingan harakatlar mavjudligi aniqlangan.  

2 ta holatda yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni belgilangan grafik asosida birja savdolariga qo‘yilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rilgan.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA