Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
244 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi
09:17 / 2023-04-28

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi bilan hamkorlikda G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahar filiali binosida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 96 ta ish beruvchi korxona va tashkilot 2 ming 393 dan ortik bo‘sh (vakant) ish o‘rni bilan ishtirok etdi.  

Bo‘sh ish o‘rinlarining 511 tasi oliy, 930 tasi o‘rta-maxsus, 952 tasi o‘rta ma’lumot talab etadi.  

Mehnat yarmarkasida 1 ming 82 nafar fuqaro ishtirok etdi. Tadbir davomida 244 nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi. Jumladan, murojaat etganlarning 173 nafari doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi.  

Shuningdek, 71 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. Bundan tashqari, 80 nafar fuqaroga ishga joylashtirish uchun yo‘llanma berildi, 47 nafar fuqarolarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasbga o‘qitishga yo‘llanmalar berildi.  

N.Usmonova, O‘zA