Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
241 ta eksportyor korxona tomonidan mahalliy mahsulotlar 31 ta Yevropa davlatiga eksport qilingan
13:50 / 2022-11-18

AOKAda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov tomonidan brifing o‘tkazildi.

— bugungi kunda yurtimizdagi 1110 ta korxonada sifat menejment tizimlari joriy etildi. Shuningdek, 150 ta korxonaga xalqaro Oeko Tex, Sedex, SE markirovka va boshqa standartlarni joriy etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Rejaga asosan bugungi kunda to‘qimachilik sohasidagi 70 ta korxonaga Oeko Tex, 4 ta korxonaga Sedex, 1 ta korxonaga xalqaro standartlari va elektrotexnika sohasidagi 6 ta korxonaga SE markirovka joriy qilindi. Shundan, 241 ta eksportyor korxonalar tomonidan mahalliy mahsulotlar 31 ta Yevropa davlatlariga eksport qilgan,  — deydi A. Rasulov.  

Darhaqiqat, Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan 203 ta korxonaga 403 ta sertifikat olishida moliyaviy yordam ko‘rsatildi. Eksportyor korxonalarda sifatga erishish bo‘yicha 3085 nafar mutaxassisning malakasini oshirish yuzasidan hududlar va korxonalar kesimida reja jadvali tasdiqlandi.  

Rejaga muvofiq joriy yilning avgust-sentyabr oylarida xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda 3085 nafar mutaxassis uchun seminar-treninglar tashkil etildi.  

Yevropa mamlakatlarida qo‘llaniladigan 1500 ta standart joriy qilinadigan 300 ta korxona ro‘yxati shakllantirilib, manzilli ishlar yo‘lga qo‘yildi.  

300 ta korxonada biriktirilgan mas’ullar tomonidan profilaktika tadbirlari o‘tkazildi. Natijada ushbu korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun zarur bo‘lgan xalqaro standartlar aniqlandi va joriy etish afzalliklari tushuntirildi, xalqaro sifat menejment tizimini joriy qilish afzalliklari to‘g‘risida hamda "GSP+“ tizimi haqida tushunchalar berildi. Yevropa Ittifoqi talablari ”GSP+", xalqaro standart xamda sifat menejment tizimlarini joriy etish tartibi to‘g‘risida tayyorlangan qo‘llanma bilan ta’minlandi.  

Shu bilan birga, agentlik tomonidan 1408 ta mahalliy eksportyor korxonaga konsultativ xizmatlar ko‘rsatildi.  

Eksport hajmlarining o‘sishiga asosiy drayver sohalar sifatida belgilab olingan 4 ta tarmoqlar hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarda sifat menejmenti tizimini joriy etish holati tahlili o‘tkazildi.  

2023 yilda eksport hajmlarini 2 barobargacha oshirish bo‘yicha aniq rejalar va amaliy takliflar ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, GSP+ doirasida mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalardagi 3 085 nafar mutaxassisni, shundan 400 nafar laboratoriya xodimining malakasini oshirishga Germaniya, Turkiya, Angliya, Latviya, Ispaniya, Rossiya, Belarusning xalqaro ekspertlarini jalb qilish, GSP+ doirasida xalqaro standartlarda joriy qilingan korxonalar sonini 2 baravar oshirib, 1 200 tadan 2 400 taga yetkazish va 1 200 dan ortiq xalqaro standartlarni davlat tiliga tarjima qilish hamda davlat fondiga kiritish rejalashtirilgan.  

 

Mohigul Qosimova,  

O‘zA