French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
24 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
13:32 / 2026-01-23

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-8 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, ayrim joylarda 12-15 darajagacha sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish sekundiga 22-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8 daraja sovuq, cho‘l hududining ayrim joylarida 10-13 darajagacha sovuq, kunduzi 3-8, cho‘l hududida 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish sekundiga 22-25 metrgacha tezlashishi kutilmoqda. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.  

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin, Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 15-20 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.  

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 10-15, kunduzi 0-5daraja sovuq bo‘ladi.  

Muhim hodisalar  

23-24 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga  sovuq va nam havo oqimi kirib kelishi davom etadi.  

23 yanvar kuni  respublikamizning  tog‘oldi va tog‘li  tumanlarida  qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli qor yog‘adi.  

Respublikamizning ayrim joylarida  shamolning tezligi  sekundiga 15-20 metrgacha, ba’zi tumanlarda sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi  mumkin.  

23-24 yanvar kunlari  havo harorati kechasi 3-8 darajagacha sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, shimolda  kechasi 12-15, kunduzi 2-5 darajagacha sovuq bo‘ladi.  

23-26 yanvar kunlari respublikamizning tog‘li tumanlarida  qor ko‘chishi xavfi bor.  

O‘zA