Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
230 ta xonadon ichimlik suvi bilan taʼminlandi
13:31 / 2020-08-12

Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi maʼlum sabablarga koʻra kechiktirilgan edi.


Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻinida 4 ta koʻcha mavjud. Mazkur hudud Oʻrikzor, Navroʻzbobo, Shukrona, Yangi hayot koʻchalaridan iborat. Hozirgi kunda ushbu koʻchalardagi 230 ta xonadonda 1360 nafar aholi yashaydi.

Oʻtgan yili “Boʻston” MFYda “Obod qishloq” Davlat dasturi doirasida “Buxoro neft gaz sanoat invest” MCHJ tomonidan suv quvurlari yotqizildi.

Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi maʼlum sabablarga koʻra kechiktirilgan edi.

Tuman prokurori, 2-sektor rahbari, adliya maslahatchisi S.Qurbonov mazkur masalani mutasaddilar ishtirokida koʻrib chiqib, muammo bartaraf etildi.

Natijada, shu kunning oʻzida tuman Davlat xizmatlari markazi hamda “Suvoqava” davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda aholiga bosqichma-bosqich suv hisoblagichlarni oʻrnatish, hafta oxiriga qadar aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash rejalashtirildi.