Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
23 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
12:25 / 2026-01-22

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 23 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 1-3 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, ayrim  joylarda kechasi va ertalab qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 0-5 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 15-20, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.  

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, cho‘l hududining shimolida 11-13 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, ba’zi joylarda 8 darajagacha sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 10-15, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.  

Muhim hodisalar  

23-24 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo oqimi kirib keladi.  

23 yanvar kuni kechasi va ertalab O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilik bo‘ladi, asosan qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.  

22-23 yanvar kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli qor yog‘adi.  

Respublikamizning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ba’zi tumanlarda sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin.  

23-24 yanvar kunlari havo harorati kechasi 3-8 darajagacha sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, shimolda kechasi 12-15, kunduzi 2-5 darajagacha sovuq bo‘ladi.  

23-26 yanvar kunlari respublikamizning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.  

O‘zA